O‘ZBEKISTONDA YASHIL ENERGETIKA SOHASIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, RISKLARI VA ULARNI SAMARALI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI

30.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashil energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, ushbu jarayonda yuzaga keladigan asosiy risk omillari hamda ularni kamaytirish va loyihalar samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyalar, investitsion muhit va xalqaro tajriba o‘rganilib, loyiha boshqaruvida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar baholanadi. Shuningdek, yashil energetika loyihalarida moliyaviy, texnologik va institutsional risklarni boshqarish usullari tahlil qilinib, ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari ushbu sohada investitsiya jarayonlarini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Keywords: yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, investitsiya loyihalari, loyiha boshqaruvi, risk-menejment, moliyaviy risklar, ESG tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik (PPP), yashil obligatsiyalar, energiya samaradorligi, investitsiya muhiti, barqaror rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor