26.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada onomastikaning o‘ziga xos yo‘nalishi — "alamul-jins" (jins ismlari) tushunchasi Alisher Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo" hamda "Munshaot" asarlari misolida tadqiq etiladi. Maqolada xususiy ismlarning umumlashtiruvchi nomlarga ko‘chishi, jamoaviy onomastik birliklarning shakllanishi va ularning badiiy matndagi funksiyalari tahlil qilingan.
Keywords: Navoiy, onomastika, alamul-jins, alamul-shaxs, antroponim, Dajjol, Havoriyun, Ashobi Kahf, etimologiya.