24.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur tezis Buxoro vohasining arxeologiyasi, etnografiyasi va topografik rivojlanishini tahlil qiladi. Unda 1930-yillardan boshlangan arxeologik qazishmalar natijalari, Zamonbobo, Varaxsha va Qujayli yodgorliklari asosida hududning qadimgi taraqqiyoti yoritilgan. Tadqiqotlar Buxoro dastlab botqoqlashgan hududda shakllanganini va keyinchalik dehqonchilik hamda chorvachilik asosida barqaror manzilgohlar paydo bo‘lganini ko‘rsatadi. Moddiy topilmalar hunarmandchilik, savdo va madaniy aloqalarning rivojlanganini tasdiqlaydi. Narshaxiy ma’lumotlari bilan arxeologik dalillarning uyg‘unligi Buxoro tarixini kompleks o‘rganish zarurligini asoslaydi. Vohada shaharlashuv jarayoni qadimgi davrlardanoq izchil rivojlangan.
Keywords: Buxoro vohasi, arxeologiya, etnografiya, topografiya, Zamonbobo madaniyati, Varaxsha, qadimgi manzilgohlar, dehqonchilik, chorvachilik, shaharlashuv.