IBN-AJJRUM SOXXAJIY VA IBN HISHOM AL-ANSORIY TA’LIMOTLARIDA ISM KATEGORIYASINING QIYOSIY TAHLILI

19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada Ibn Ajrrum bilan bog‘liq al-Ajurrumiyya an’anasi va Ibn Hishom al-Ansoriyning Qotradun-nada wa ball as-sada asarida ism kategoriyasining talqini qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ismning belgilari, i‘rob bilan bog‘liqligi, ma‘rifa va nakira, mu‘rab va mabniy, sintaktik vazifalari hamda o‘qitish usuli solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, al-Ajurrumiyya boshlovchi o‘quvchi uchun qisqa va sodda grammatik tayanch yaratadi, Qotradun-nada esa shu tayanchni chuqurlashtirib, o‘rta bosqichdagi o‘quvchi uchun tahliliy va dalilliroq modelni beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda al-Ajurrumiyya ayniqsa boshlovchi uchun zarur boblarni jamlagan qisqa matn sifatida, Qotradun-nada esa undan batafsilroq va kengroq qamrovli o‘rta darajadagi grammatika matni sifatida tavsiflanadi.

Keywords: arab nahvi, ism kategoriyasi, Ibn Ajrrum, Ibn Hishom al-Ansoriy, Ajrumiya, Qotradun-nada, i‘rob, ma‘rifa, nakira.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor