19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada laboratoriya ishlarini differensiallashtirish asosida o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini qondirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kimyo fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda tashkil etishning metodik asoslari tahlil qilingan. Differensial yondashuv orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada laboratoriya topshiriqlarini murakkablik darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish, individual va guruhiy ishlash shakllaridan foydalanish hamda baholash mezonlarini moslashtirish usullari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari laboratoriya ishlarining ta’limiy samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga hamda ularning individual ta’lim ehtiyojlarini samarali qondirishga xizmat qiladi.
Keywords: differensial ta’lim, laboratoriya ishlari, individual ta’lim ehtiyojlari, kimyo ta’limi metodikasi, kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, baholash mezonlari.