YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKNING OLDINI OLISHDA KOMPLEKS YONDASHUV: HUQUQIY, IJTIMOIY VA INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARNI INTEGRATSIYALASH

19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Mazkur tezisda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish masalasi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Giyohvandlik zamonaviy jamiyatda nafaqat sog‘liqni saqlash masalasi, balki ijtimoiy barqarorlik, milliy xavfsizlik va millat genofondiga tahdid soluvchi ko‘p tarmoqli ijtimoiy-huquqiy fenomen sifatida baholanadi va tahlil qilinadi. Tezisda yoshlar qatlamining jamiyat hayotidagi o‘rni asoslab berilib, ularning giyohvandlik muhitiga jalb etilishi uzoq muddatli ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ilmiy nuqtai nazardan yoritib beriladi. Tezisda amaldagi normativ-huquqiy tizim, ijtimoiy siyosat mexanizmlari, oila instituti, ta’lim tizimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik muammosi ommalashishiga olib kelayotgan kamchiliklar, ularning sabablari tahlil qilinib, kompleks yondashuv orqali ushbu kamchiliklar darajasini kamaytirish va millat genofondini asrashning muhim shartlari tahlil qilinadi.

Keywords:


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor