19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur tezis XX asr boshlarida Buxoro amirligida shakllangan ma’rifatparvarlik harakati va jadidchilik faoliyatini tahlil etadi. Unda jadid maktablarining tashkil topishi, «Tarbiyai atfol» jamiyati faoliyati hamda milliy matbuotning vujudga kelishi yoritilgan. Sadriddin Ayniy, Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev kabi ziyolilarning ta’lim islohoti va jamiyatni modernizatsiya qilishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, konservativ kuchlarning qarshiligi va siyosiy jarayonlarning murakkabligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda jadidchilik merosi yoshlar ongida bag‘rikenglik, milliy g‘oya va tarixiy tafakkurni shakllantirishda muhim omil sifatida baholanadi. Bu harakat milliy uyg‘onishning muhim bosqichi sifatida talqin etiladi.
Keywords: Jadidchilik, ma’rifatparvarlik, Buxoro amirligi, usuli jadid, Tarbiyai atfol, milliy matbuot, islohot, bag‘rikenglik, milliy ong, siyosiy jarayonlar.