INGLIZ TILI DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODLARI

19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda amaldagi EFL darsliklarida madaniy mazmun ko‘pincha statik faktlar shaklida berilishi, bu esa talabalarning tahliliy va reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini cheklashi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, an‘anaviy reproduktiv o‘qitish metodlari o‘rniga interaktiv, muammoli va kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish zarurligi ta‘kidlanadi. Maqolada o‘quv dasturlari va darsliklarni qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda muqobil (formatif va autentik) baholash tizimini tatbiq etish orqali talabalarining tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish mumkinligi ilmiy asosda yoritiladi.

Keywords: tanqidiy fikrlash, madaniyatlararo kompetensiya, EFL, oliy ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, interaktiv metodlar, muqobil baholash, reflektiv ta‘lim.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor