BOLA SHAXSINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIDA TARBIYA VA TA‘LIM METODLARINING UZVIYLIGI

19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada bola shaxsining ijtimoiy-psixologik rivojlanishida ta‘lim va tarbiya metodlarining uzviyligi dolzarb pedagogik muammo sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Bola shaxsining shakllanish jarayoni uning yosh xususiyatlari, ruhiy-fiziologik imkoniyatlari hamda individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan ta‘lim-tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi asoslab beriladi. Ilk yosh davridan boshlab kattalar bilan muloqot, o‘yin faoliyati, taqlid va mustaqil harakatlar bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi, tafakkuri, emotsional barqarorligi va ijtimoiy faolligining rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ta‘lim va tarbiya metodlarining o‘zaro uyg‘unligi shaxsning ijtimoiy moslashuvi, muloqot madaniyati va ijtimoiy rollarni egallash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Maqolada mazkur jarayonning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilib, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirishdagi pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi

Keywords: Ta‘lim, tarbiya, bolashaxsi, o‘yin, pedagogika, shaxs, yosh, faoliyat, rivojlanish, bilim, ko‘nikma, metod.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor