16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Maqolada O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda korporativ logistik tizimlarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Iqtisodiy va geografik sharoitlar, transport infratuzilmasi, xalqaro standartlar va normativ-huquqiy baza asosida samarali logistika zanjirini tashkil etishning imkoniyatlari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Maqolada meva-sabzavot eksportida korporativ logistikadan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning ustunliklari, xatarlari va strategiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida innovatsion korporativ logistika platformalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Keywords: meva-sabzavot mahsulotlari, eksport, korporativ logistik tizim, logistika zanjiri, transport infratuzilmasi, xalqaro standartlar (ISO, Global GAP), intermodal logistika markazlari, iqtisodiy samaradorlik, MDH eksport yo‘nalishlari.