16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Kichik biznes subyektlari iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq kichik biznesni rivojlantirish jarayonida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishning innovatsion usullari, jumladan fintex texnologiyalari, kraudfanding, venchur kapital, P2P kreditlash hamda blokcheyn asosidagi moliyaviy mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu moliyalashtirish usullarining samaradorligi va ularning kichik biznes rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi.
Keywords: kichik biznes, innovatsion moliyalashtirish, fintex texnologiyalari, kraudfanding, venchur kapital, P2P kreditlash, blokcheyn texnologiyasi.