16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada Abu Hamid al-G‘azzoliyning “Tavba” asarida din va axloq masalalarining o‘zaro uyg‘unligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda tavba tushunchasi insonning ma’naviy poklanishi va axloqiy kamolotga erishish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada tavbaning Qur’on va hadis manbalari asosidagi sharhi, uning tasavvufiy-falsafiy mohiyati hamda inson kamolotidagi o‘rni ochib beriladi.Shuningdek, asarda din va axloqning ajralmas birlikda talqin qilinishi, tavbaning shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishdagi roli yoritiladi.
Keywords: tavba, din, axloq, qalb poklanishi, ma’naviy kamolot, tasavvuf, nadomat, taqvo, islom axloqshunosligi, ruhiy isloh.