MIRZO ULUG‘BEKNING PEDAGOGIK QARASHLARI

16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bekning pedagogik qarashlari, uning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Asarda Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan ilmiy muhit, madrasalarda olib borilgan ta’lim jarayoni va yosh avlodni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalashga qaratilgan g‘oyalari aks ettirib berilgan. Shuningdek, Ulug‘bek madrasasi va Ulug‘bek rasadxonasi faoliyati orqali ilmiy maktabning shakllanishi va uning pedagogik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Ulug‘bekning ilmga asoslangan ta’lim tizimi va ustoz-shogird an’anasiga bergan e’tibori bugungi ta’lim jarayoni uchun muhim ilmiy meros ekanligi asoslab beriladi.

Keywords: Mirzo Ulug‘bek, pedagogik qarashlar, ta’lim va tarbiya, ilm-fan taraqqiyoti, ustoz-shogird an’anasi, ilmiy maktab, Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek rasadxonasi, astronomiya, matematika, ma’rifatparvarlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor