16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqola mashhur ingliz yozuvchisi Agata Kristining ijodida namoyon bo‘lgan ingliz madaniyatiga xos realiyalar va ularni tarjima qilish strategiyalariga bag‘ishlangan. Maqola madaniy birliklar, ijtimoiy muomala etiketi, geografik va maishiy realiyalar kabi asosiy tarkibiy elementlarni tahlil qiladi va ularning tarjimada qanday ifodalanishi masalasini yoritadi. Tadqiqot maqsadi – Agata Kristi romanlaridagi ingliz madaniyati unsurlarini aniqlash, ularni o‘zbek tiliga samarali tarzda tarjima qilishning metodik va nazariy asoslarini ko‘rsatishdir. Maqolada madaniy birliklar, ijtimoiy muomala normalari va geografik-maishiy realiyalarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan strategiyalar – ekvivalent tarjima, izohli tarjima, adaptatsiya va o‘zlashtirish – tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjimada uchraydigan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish yo‘llari, o‘quvchi va mutolaa qiluvchilarga tushunarli qilish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tarjimada ingliz madaniyatini to‘g‘ri aks ettirish asarning mazmunini, obrazlar va dialoglarning o‘ziga xosligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.Maqola tarjima nazariyasi, ingliz madaniyati va adabiyotini o‘rganayotgan mutaxassislar, talabalar va tarjimonlar uchun amaliy va nazariy manba sifatida xizmat qiladi.
Keywords: Agata Kristi, ingliz madaniyati, madaniy birliklar, ijtimoiy muomala, tarjima strategiyalari, realiyalar.