16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada prokuror lavozimiga tayinlash va uni lavozimidan ozod etish tartibining huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiplari, jumladan, qonuniylik, mustaqillik, markazlashuv va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tamoyillar yoritib beriladi. Maqolada prokurorlarning vakolatlari, ularni tayinlash va lavozimidan ozod qilishda davlat organlarining roli hamda ushbu jarayonlarning amaldagi qonunchilik asosida tartibga solinishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularning faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan muhim xulosalar keltiriladi.
Keywords: prokuror, lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish, prokuror faoliyatining prinsiplari, huquqiy tartibga solish, davlat nazorati,jamoatchilik aloqasi,gender muvozanati.