16.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu manbalar to‘plami global va o‘rtacha rivojlanayotgan bozorlarda logistika samaradorligini baholashga qaratilgan tadqiqot va hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki, Agility Logistics va boshqa olimlar logistika ko‘rsatkichlari va reytinglarini tahlil qilishda turli metodologiyalardan foydalanishgan. Maqsad – davlatlar va kompaniyalar logistika infratuzilmasini takomillashtirishda qo‘llaniladigan eng samarali usullarni aniqlash. Shuningdek, manbalarda O‘zbekistonning YeAEO va JTTga integratsiyasi nuqtai nazaridan logistika hamda savdo jarayonlarini baholash va xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari ham yoritilgan. Tadqiqotlar logistika samaradorligini baholashda ob’ektivlik, xalqaro standartlarga muvofiqlik va integratsiya imkoniyatlarini hisobga olishning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Keywords: logistika samaradorligi, reyting va indeksi, halqaro standartlar, o‘rtacha rivojlanayotgan bozorlar, integratsiya (YeAEO, JTT), savdo logistikasi, jahon banki metodologiyasi, ob’ektiv baholash.