14.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Zamonaviy ta’lim tizimida nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning ma’naviy, estetik va ijodiy salohiyatini rivojlantirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Art-pedagogika o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari, tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirish orqali ularning shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tasviriy san’at, musiqa, drama, ijodiy yozuv kabi san’at turlarining pedagogik jarayondagi o‘rni haqida ham fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, art-pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi aniqlangan.
Keywords: art-pedagogika, pedagogik texnologiya, ma’naviy dunyoqarash, ijodkorlik, estetik tarbiya, san’at orqali ta’lim, innovatsion metodlar, ta’lim jarayoni.