QURILISHDA NATIJAGA ASOSLANGAN ISH HAQI TIZIMINING IQTISODIY SAMARADORLIGI

14.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Mazkur maqolada qurilish tarmog‘ida natijaga asoslangan ish haqi tizimining iqtisodiy samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida an’anaviy ish haqi tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning kamchiliklari tahlil qilinib, natijaga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish mexanizmlarining mehnat unumdorligi, xarajatlar darajasi hamda korxona rentabelligiga ta’siri baholangan. Qurilish jarayonining murakkab tashkiliy tuzilishi va ko‘p bosqichliligi sharoitida ish haqi tizimini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari natijaga asoslangan ish haqi tizimini joriy etish qurilish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, loyiha muddatlarini qisqartirish hamda iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Keywords: qurilish tarmog‘i, mehnat unumdorligi, ish haqi tizimi, natijaga asoslangan rag‘batlantirish, iqtisodiy samaradorlik, rentabellik, boshqaruv mexanizmi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor