12.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolaning maqsadi sil kasalligining kelib chiqsh sabablari, klinik belgilari, hamroh kasaliklar bilan kechishi, tashxis qo‘yishni tahlil qilish, shuningdek, kasallikning oldini olishda profilaktik choralar ahamiyatini yoritishdan iborat. Silning tarixi, R. Kox tomonidan kashf etilishi, tuberkulin diagnostikasi va Kelment-Geren (BSJ) vaksinasi tarixi tahlil qilingan. Shuningdek, OIV bilan koinfeksiyaga e’tibor qaratilib, OIV va silning o‘zaro ta’siri, zamonaviy diagnostika va antiretroviral vositalar yordamida koinfeksiyani nazorat qilish usullari haqidagi tadqiqiotlar koʻrib chiqilgan. Shuningdek, epidemiologik ma’lumotlar global va mintaqaviy ko‘rsatkichlar bilan taqdim etilgan, masalan, JSST va milliy agentliklar statistikasi, shuningdek, sil bilan bog‘liq o‘lim darajalari va yuqori endemik hududlar tahlil qilingan. Hamda zamonaviy diagnostik metodlar (bakterioskopik, teri sinamalari, molekulyar usullar, IGRA (Interferon-Gamma Release Assay), rentgenofluorografiya) va profilaktik strategiyalar (vaksinatsiya, ommaviy tekshiruvlar, kimyoviy profilaktika, sog‘lom turmush tarzi) keltirilgan.
Keywords: Mycobacterium tuberculosis, sil kasalligi, mikrobiologik tashxis, OIV va sil kasalligi koinfeksiyasi, sil va oshqozon ichak kasaligi, havo tomchi orqali yuqish, klinik kechishi, diagnostika usullari, epidemiologiyasi, silni davolash, profilaktika chorasi, adabiyotlar tahlili.