11.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada ulug‘ vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning ilmiy merosi va u kishi aslida kim bo‘lganliklari, shuningdek, Buxoriy haqida biz bilmagan ma’lumotlar xususida so‘z boradi. Unda allomaning ilm yo‘lida bosib o‘tgan yo‘llari, nafaqat Islom olami ilmiga, balki jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi, ilmiy meroslarining kelajak yoshlari hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, yurtimizda vatandoshimizning ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar haqida ham so‘z boradi.
Keywords: Imom Buxoriy, hadis, ilm, "At-Tarix al-Kabir", "Al-Jome’ as-sahih", Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.