O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA OZIQ-OVQATNI RIVOJLAN-TIRISHDA QISHLOQ XO‘JALIGINING ROLI

06.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. O‘zbekiston iqtisodiyotida oziq-ovqat sohasini rivojlantirishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni va strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi. Maqolada agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, klaster tizimi, zamonaviy agrotexnologiyalar va innovatsion logistika yechimlarining oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi hamda samaradorligiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida resurslardan samarali foydalanish, qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish va qayta ishlash sanoatini kengaytirish orqali ichki bozor barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash oziq-ovqat tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords: iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida olib borilayotgan islohotlar natijasida erishilayotgan yutuqlar, tarmoqqa keng joriy etilayotgan ilm-fan yutuqlari va klasterlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishining hajmi agrar soha, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, aholi bandligi, klaster, eksport.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor