06.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlar ta’limining tutgan o‘rni va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif "Bir qizni o‘qitsangiz – butun millatni o‘qitgan bo‘lasiz" g‘oyasini ilmiy va ijtimoiy jihatdan asoslab beradi. Maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosati, joriy etilgan imtiyozlar va ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bayon etilgan. Shuningdek, erta nikohlarning oldini olishda ta’limning o‘rni va chekka hududlarda bilim olishga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Keywords: xotin-qizlar ta’limi, ijtimoiy farovonlik, davlat grantlari, IMRAD, erta nikoh, motivatsiya, intellektual salohiyat, jamiyat taraqqiyoti.