YUKLARNING HARAKATINI REAL VAQT REJIMIDA KUZATUVCHI AXBOROT TIZIMLARIDA QO‘LLANILADIGAN KRITERIYALAR TAHLILI

06.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada yuklarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimlarining texnologik asoslari va arxitekturasi tadqiq etilgan. Global ta'minot zanjirlarining murakkablashuvi va logistika jarayonlarini optimallashtirish zarurati zamonaviy kuzatuv tizimlarini joriy etishni taqozo etmoqda. Tadqiqot doirasida GPS, GNSS, GSM, IoT va RFID kabi ilg‘or texnologiyalarning ishlash prinsiplari, integratsiya mexanizmlari hamda o‘zaro hamkorligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, real vaqt rejimida kuzatishning afzalliklari va mavjud cheklovlari solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan.

Keywords: Real vaqt rejimi (real-time), yuklarni kuzatish, GPS/GNSS, IoT (Internet of Things), RFID texnologiyasi, tizim arxitekturasi, logistika axborot tizimlari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor