04.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida baholashning didaktik tamoyillari va ularning tasnifi masalasi ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Didaktik tamoyillarning tarixiy rivojlanishi, zamonaviy talqini va elektron baholash tizimlariga tatbiq etish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda oltita asosiy didaktik tamoyil – ilmiylik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, mustahkamlik va individual yondashuv – aniqlangan va ularning elektron muhitda qo‘llanishi mexanizmlari asoslangan. Shuningdek, beshta qo‘shimcha tamoyil belgilangan va ularning an’anaviy hamda zamonaviy ta’lim sharoitlaridagi roli ko‘rsatilgan. Tajriba-sinov natijalari didaktik tamoyillar asosida loyihalangan baholash tizimining samaradorligini tasdiqlagan.
Keywords: didaktik tamoyillar, baholash, elektron baholash, tasnif, ilmiylik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, mustahkamlik, individual yondashuv.