XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH (YEVROPA MAMLAKATLARI TAJRIBALARI ASOSIDA)

27.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mazkur maqolada Yevropa mamlakatlarida shakllangan zamonaviy moliyaviy nazorat tizimining institutsional va funksional modeli chuqur tahlil qilinadi. Xususan, davlat ichki moliyaviy nazorati (Public Internal Financial Control – PIFC) konsepsiyasining mazmun-mohiyati, uning asosiy elementlari – menejerlik javobgarligi, ichki audit va markaziy uyg‘unlashtiruvchi tuzilma faoliyati yoritiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tashqi audit institutlarining mustaqilligi, samaradorlik auditi (performance audit) amaliyoti, riskga asoslangan nazorat mexanizmlarining qo‘llanilishi hamda raqamli monitoring tizimlarining joriy etilishi natijalari tahlil etiladi. Maqolada, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratining ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan holda shakllanishi, byudjet intizomini mustahkamlash, korrupsiya xavflarini kamaytirish va fiskal barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Yevropa tajribasida komplayens nazorati, ichki nazorat tizimining uch pog‘onali modeli (first line – operatsion nazorat, second line – risk va komplayens nazorati, third line – ichki audit) hamda raqamli platformalar orqali real vaqt rejimida monitoring olib borish mexanizmlari keng qo‘llanilayotgani ko‘rsatib beriladi.

Keywords: moliyaviy nazorat, davlat auditi, PIFC (Public Internal Financial Control), ichki audit, tashqi audit, riskga asoslangan yondashuv, komplayens nazorati, raqamli monitoring, fiskal shaffoflik, byudjet intizomi, Hisob palatasi, g‘aznachilik tizimi, samaradorlik auditi (performance audit), institutsional mustaqillik, Yevropa tajribasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor