27.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada geologik ofatlarning tabiati, shakllanish mexanizmlari va global miqyosdagi namoyon bo‘lish tendensiyalari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Zilzila, vulqon otilishi, ko‘chki, yer cho‘kishi va boshqa geodinamik jarayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududining geologik tuzilishi va seysmik xususiyatlari asosida mamlakat uchun xos xavf omillari baholanadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston sharoitida zilzila va gravitatsion jarayonlar ustuvor tahdid ekanini ko‘rsatadi hamda xavfni kamaytirish bo‘yicha tizimli yondashuv zarurligini asoslaydi.
Keywords: geologik ofatlar, zilzila, ko‘chki, tektonik harakat, seysmik xavf, risk boshqaruvi, Oʻzbekiston.