MIKROORGANIZMLARNING TABIATDAGI AHAMIYATI

27.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mikroorganizmlar ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, ammo tabiat hayotida juda muhim o‘rin tutadigan tirik organizmlardir.Ular yer yuzining deyarli barcha muhitlarida, jumladan tuproq, suv va havoda keng tarqalgan. Mikroorganizmlar tabiatdagi moddalar almashinuvi, ekologik muozanatni saqlash va biologik jarayonlarning uzluksiz davom etishda asosiy rol o‘ynaydi.Tuproqda yashovchi mikroorganizmlar organik qoldiqlarni parchalaydi, tuproq unumdorligini oshiradi va o‘simlikning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni hosil qiladi. Suv muhitidagi mikroorganizmlar esa suvning tabiiy tozalanish jarayonida ishtirok etib, zararli moddalarni parchalash orqali ekologik muhitni sog‘lomlashtiradi. Havoda uchraydigan mikroorganizmlar ham biologik aylanish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.Shu sababli mikroorganizmlarni o‘rganish nafaqat biologiya va mikrobiologiya fanlari uchun, balki ekologiya, biotexnologiya va inson hayoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada tabiatdagi mikroorganizmlarning asosiy turlari va ularning tuproq, suv hamda havodagi foydalari yoritib beriladi.

Keywords: tuproq mikroorganizmlari, suv mikroflorasi, havo mikroflorasi, biogeokimyoviy aylanish, ekologik muvozanat, foydali bakteriyalar, zamburugʻlar, biotexnologiya, atrof-muhit muhofazasi


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor