AZONALLIK VA BALANDLIK MINTAQALARI: TABIIY GEOGRAFIK QONUNIYATLAR VA HUDUDIY XUSUSIYATLAR

16.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mazkur maqolada tabiatning hududiy farqlanish qonuniyatlari, xususan zonallik, azonallik va balandlik mintaqalari tushunchalari ilmiy asosda yoritilgan. Azonallikning mohiyati, shakllanish omillari hamda zonallik qonuni bilan o‘zaro bog‘liqligi izohlangan. Shuningdek, tog‘li hududlarga xos bo‘lgan balandlik mintaqalari va ularning bosqichma-bosqich almashinuvi tavsiflangan. Maqolada O‘rta Osiyo hududi misolida, jumladan Amudaryo va Sirdaryo vodiylari hamda Tyanshan va Pomir tog‘ tizimlari misolida ushbu qonuniyatlarning amaliy namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, azonallik va vertikal zonallikning xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyati hamda global iqlim o‘zgarishi sharoitida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilingan.

Keywords: Tabiiy geografiya, hududiy farqlanish, geografik zonallik, azonallik, balandlik mintaqalari, vertikal zonallik, landshaft, relyef, iqlim, sektorlik, tog‘ landshaftlari, O‘rta Osiyo, Tyanshan, Pomir, Amudaryo, Sirdaryo, global iqlim o‘zgarishi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor