TURLI YOSH DAVRLARIDA TORTINCHOQLIKNING IFODALANISHI

10.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Ushbu maqolada shaxs shakllanishi jarayonida tortinchoqlik fenomenining psixologik tabiatini tahlil qilishga kompleks yondashiladi. Tadqiqotning dolzarbligi bugungi globallashuv davrida kommunikativ ko‘nikmalarning hayotiy muvaffaqiyatdagi o‘rni ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Muallif tortinchoqlikni irsiy-biologik, kognitiv va ijtimoiy-muhit omillari prizmasi orqali ko‘rib chiqadi. Maqolada ontogenezning har bir bosqichiga xos bo‘lgan o‘ziga xosliklar: maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional inhibitivlik, kichik maktab yoshida baholanishdan qo‘rqish, o‘spirinlik davrida shaxsiy identifikatsiya inqirozi va kattalarda ijtimoiy xavotirlanish turlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada tortinchoqlikning introvertlik va ijtimoiy fobiya tushunchalari bilan o‘xshash hamda farqli jihatlari qiyoslanadi.

Keywords: tortinchoqlik, yosh davrlari psixologiyasi, shaxs dinamikasi, ijtimoiy adaptatsiya, temperament, o‘spirinlik inqirozi, ijtimoiy nigoh, kognitiv tormozlanish, emotsional intellekt, kommunikativ kompetentlik, o‘z-o‘zini baholash, psixologik korreksiya, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy xavotirlanish, shaxsiy rivojlanish, ontogenez, inhibitiv xulq-atvor.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor