10.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotida beqiyos o‘rin tutgan buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning hayoti, ijodiy faoliyati hamda ilmiy-badiiy merosi yoritiladi. Unda Navoiyning temuriylar davridagi ijtimoiy-siyosiy muhitda shakllangan shaxsiyati, ta’lim-tarbiyasi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va turkiy til rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, shoirning “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” kabi asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ilm-ma’rifat va komil inson g‘oyalari ochib beriladi. Maqolada Alisher Navoiyning badiiy va ilmiy merosining bugungi davrdagi ahamiyati hamda yosh avlod ma’naviy kamolotidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
Keywords: Alisher Navoiy, o‘zbek mumtoz adabiyoti, turkiy til, “Xamsa”, adabiy meros, insonparvarlik, komil inson, milliy ma’naviyat, temuriylar davri.