07.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada voqeali ta’lim texnologiyasining nazariy asoslari va uning talabalarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida voqeali ta’limning mohiyati, ta’lim jarayonida real hayotiy vaziyatlardan foydalanish mexanizmlari hamda kompetensiyaviy yondashuv bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada talabalarda muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, muloqotga kirishish, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda voqeali ta’limning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keywords: voqeali ta’lim, hayotiy kompetensiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, talaba shaxsi, muammoli vaziyat, pedagogik mexanizm, interfaol ta’lim.