O‘ZBEK MAQOM XONANDALIGIDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING AKS ETISHI

05.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek maqom xonandaligida ma’naviy qadriyatlarning badiiy va musiqiy ifodasi tahlil qilinadi. Maqom ashulalarining poetik matnlari va ijrochilik talqini orqali inson kamoloti, axloqiy poklik, ruhiy yetuklik hamda komillikka intilish g‘oyalarining aks etishi yoritiladi. Shuningdek, maqom xonandaligining ustoz-shogird an’anasi, ijro madaniyati va uning tinglovchi ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri muhokama qilinadi. Zamonaviy sharoitda maqom san’atining ma’naviy asoslarini saqlash va rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Keywords: maqom xonandaligi, ma’naviy qadriyatlar, mumtoz she’riyat, musiqiy meros, ijrochilik madaniyati, milliy madaniyat.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor