O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN TOMONIDAN TO‘LANADIGAN RESURS SOLIQLARI MA’MURCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

05.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan resurs soliqlarining amaldagi ma’murchilik tizimi tahlil qilinib, uni takomillashtirish istiqbollari Buxoro viloyati misolida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hududiy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni va ularni undirish mexanizmlarining samaradorligi baholangan. Shuningdek, soliq bazasini aniqlashdagi muammolar, soliq intizomiga ta’sir etuvchi omillar hamda resurs soliqlari ma’murchiligida raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini takomillashtirishda integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish, risk-tahlil asosidagi soliq nazoratini kengaytirish va yuridik shaxslarning soliq savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Maqolada ilgari surilgan ilmiy-amaliy takliflar resurs soliqlarining fiskal samaradorligini oshirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Keywords: resurs soliqlari, soliq ma’murchiligi, yuridik shaxslar, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, hududiy byudjet, raqamli soliq nazorati, fiskal samaradorlik, Buxoro viloyati.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor