28.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Mazkur maqolada qoraqalpoq xalqining qadimiy cholg‘u asboblaridan biri — qobuzning kelib chiqishi, tarixiy rivoji va musiqa madaniyatidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda arxeologik topilmalar, yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodi materiallari tahlil qilinadi. Shuningdek, qobuzning tuzilishi, ijro uslubi hamda badiiy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola qobizni milliy madaniy meros sifatida o‘rganish va uni saqlash masalalarining dolzarbligini asoslashga qaratilgan.
Keywords: qobiz, qoraqalpoq musiqa madaniyati, xalq cholg‘u asboblari, jirov, dostonchilik.