28.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan metodlarning pedagogik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida faol (interaktiv, o‘yin va ijodiy mashqlar) hamda an’anaviy o‘qitish metodlari taqqoslanib, ularning o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, darsga bo‘lgan qiziqishi, estetik tafakkuri va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba-sinov natijalari interaktiv yondashuvga asoslangan darslarning yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatdi. Olingan natijalar musiqa ta’limini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: musiqa ta’limi, o‘qitish metodikasi, interaktiv metodlar, estetik tarbiya, musiqiy qobiliyat, jamoaviy kuylash, ijodiy faoliyat.