27.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada kelajak uchun sarmoyalar kiritishning jamiyat va davlat rivojidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiy rivojlanish, inson kapitali, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, innovatsiyalar, texnologiyalar va ekologik barqarorlik sohalaridagi investitsiyalarning uzoq muddatli samaralari ko‘rib chiqilgan. Maqola strategik sarmoyalarni kiritish orqali barqaror rivojlanish, ijtimoiy farovonlik va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishning ahamiyatini yoritadi. Tadqiqot natijalari sarmoya siyosatini samarali rejalashtirish va kelajak avlod manfaatlarini ta’minlashda qo‘llanilishi mumkin.
Keywords: Kelajak uchun sarmoya, investitsiya siyosati, iqtisodiy rivojlanish, inson kapitali, ta’lim va Malaka, innovatsiyalar va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, ekologik barqarorlik.