24.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada akademik eshkak eshish sportida zamonaviy qo‘shimcha qurilmalar va sport gadjetlaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Mashg‘ulot va musobaqa jarayonida qo‘llaniladigan elektron kuzatuv vositalari, yurak urish chastotasi monitorlari, GPS tizimlari, kuch va tezlik sensorlari sportchilarning texnik, jismoniy hamda funksional tayyorgarligini oshirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari sport gadjetlari mashg‘ulotlarni individuallashtirish, yuklamani optimallashtirish va sport natijalarini yaxshilashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Keywords: akademik eshkak eshish, sport gadjetlari, qo‘shimcha qurilmalar, monitoring, mashg‘ulot jarayoni.