20.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari sohaviy kesimda tahlil qilinadi hamda ularni institutsional modellashtirish masalalari yoritiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori DXShning qo‘llanish chegaralarini belgilash, davlatning eksklyuziv vakolatlari saqlanadigan funksiyalar bilan xususiy sektor samarali jalb etilishi mumkin bo‘lgan segmentlarni normativ va boshqaruv mezonlari asosida ajratishga qaratilgan. Xususan, “Safe City” va videokuzatuv infratuzilmasi, transport va yo‘l harakati xavfsizligi yechimlari, ko‘cha yoritish va muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xabardor qilish platformalari, ob’ekt xavfsizligi va xususiy qo‘riqlash, kiberxavfsizlik hamda servis-logistika xizmatlari yo‘nalishlarida DXSh modeli ko‘rib chiqiladi. Maqolada risklarni taqsimlash, shartnomaviy dizayn, KPI/SLA ko‘rsatkichlari, davlat nazorati, ma’lumotlar himoyasi va korrupsiyaga qarshi komplaens kabi institutsional “tayanchlar”ning sohaviy loyihalardagi o‘rni asoslanadi. Yakunda DXSh orqali jamoat xavfsizligini ta’minlashning barqaror institutsional arxitekturasi hamda amaliy tatbiq mexanizmlariga doir xulosalar va takliflar shakllantiriladi.
Keywords: davlat-xususiy sheriklik; jamoat xavfsizligi; sohaviy tahlil; institutsional model; Safe City; transport xavfsizligi; kiberxavfsizlik; risklarni taqsimlash; KPI/SLA; komplaens.