17.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada ingliz tili talaffuzini o‘rgatishda audiovizual vositalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Audiovizual texnologiyalar talaffuzni aniq va to‘g‘ri o‘zlashtirishga yordam berib, o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada audiovizual vositalarning pedagogik imkoniyatlari, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanish usullari hamda ta’lim sifatini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz tili o‘qitish metodikasini takomillashtirishga va o‘quvchilar nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan samarali usullarni aniqlashga xizmat qiladi.
Keywords: Ingliz tili talaffuzi, audiovizual vositalar, talaffuz qoidalari, eshitish-tushunish qobiliyati, video darsliklar, talaffuz.