MOLIYA BOSHQARUVIDA BUXGALTERIYA HISOBINING ROLI

10.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1

Abstract. Ushbu maqolada moliya boshqaruvi jarayonida buxgalteriya hisobining tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Buxgalteriya hisobi moliyaviy axborotlarning asosiy manbai sifatida korxona faoliyatining moliyaviy holatini baholash, moliyaviy rejalashtirish, nazorat va tahlil jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Maqolada moliyaviy boshqaruvning axborot bazasini shakllantirishda buxgalteriya hisobining vazifalari, moliyaviy intizomni mustahkamlash, moliyaviy risklarni kamaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari moliya boshqaruvida buxgalteriya hisobining strategik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Keywords: moliya boshqaruvi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy axborot, moliyaviy hisobot, moliyaviy tahlil, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy nazorat, moliyaviy barqarorlik, moliyaviy risklar, raqamli buxgalteriya hisobi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor