29.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada Shafoat Termiziy she’riyatida badiiy san’atlarning estetik va ma’naviy-falsafiy mazmunni ochishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Asarda qo‘llangan tashbeh, istiora, takrir, tajnis kabi badiiy vositalarning g‘oya va obrazlarni shakllantirishdagi funksiyasi misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda shoir uslubining o‘ziga xos jihatlari, ritm va ohang bilan uyg‘unlashgan badiiy vositalarning o‘quvchi idrokiga ta’siri yoritiladi. Natijada, Termiziy ijodidagi badiiy san’atlar nafaqat bezak unsuri, balki asarning mazmuniy og‘irligini ko‘taruvchi muhim poetik omil sifatida baholanadi.
Keywords: tashbeh, istiora, takrir, tajnis, ritm va ohang.