27.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqola 1924–1991-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining tarixiy taraqqiyotini tahlil qiladi. Tadqiqotda savodsizlikni tugatishdan boshlab, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari tarmog‘ining yaratilishi, Ikkinchi jahon urushi davridagi evakuatsiya jarayonlarining ilmiy salohiyatga ta’siri va 1960-1980-yillardagi ta’limning inqirozli holatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sovet mafkurasi va "paxta yakkahokimligi"ning ta’lim sifatiga salbiy ta’siri yoritilgan.
Keywords: oliy ta’lim, O‘zbekiston SSR, Likbez, SAGU, milliy kadrlar, paxta mustabidligi, evakuatsiya, ilmiy salohiyat, ruslashtirish siyosati.