ATOYI IJODIDA TASHBEHI IZMORNING QO‘LLANILISHI

27.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada Atoyi ijodida tashbehi izmorning mohironalik bilan ishlatilishi, bu san’atning Atoyi g‘azallari mazmuniga qo‘shgan nozik ma’no qochirimlari tahlillar orqali yoritib berilgan. O‘z ijodiga badiiy san’atlar bilan yuksak darajada zeb bera olgan va o‘quvchilar tuyg‘ularini o‘ynata olgan Atoyi tashbehi izmorning klassik namunalaridan foydalangan holda she’rlaridagi har bir tasvirda yashirin o‘xshatishlar orqali kitobxon qalbida estetik zavq uyg‘ota olgan. G‘azallar tahlili orqali ijodkorning tabiat va dunyo unsurlaridan foydalangan holda tashbehi izmor san’ati orqali ma’no tagiga qo‘shimcha ma’no yuklash mahoratining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Keywords: tashbehi izmor, mushabbah, mushabbah bih, adot, vajh ush-shabah, kontrastli tashbeh.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor