27.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada xitoy tili frazeologiyasi (成语学, 惯用语学) va paremiologiyasida (谚语学) toponimlarning lingvokulturologik, kognitiv va pragmatik funksiyalari keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Xitoy tili misolida toponimlarning geografik nom sifatidagi dastlabki vazifasidan chetga chiqib, tarixiy alluziya, madaniy kod, mintaqaviy stereotip, mental xarita elementi, konseptual dominanta va metaforik sema sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqotda xitoy toponimlari asosida shakllanadigan “madaniy-geografik metafora”, “markaz–chekka paradigmasi”, “madaniy relyef”, “tarixiy-kognitiv qatlam” kabi yangi konseptual modellarning frazeologik va paremiologik birliklar tarkibidagi roli hamda ularning milliy tafakkur, ijtimoiy me’yor va madaniy identitetni shakllantirish jarayonidagi o‘rni ilk bor kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Maqola natijalari xitoy tilini lingvokulturologik aspektda o‘rganishda, til–madaniyat munosabatlarini tahlil qilishda, shuningdek, frazeologik birliklar semantikasini kognitiv yondashuv asosida sharhlashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: xitoy frazeologiyasi, paremiologiya, toponim, lingvokulturologiya, madaniy-geografik metafora, mintaqaviy stereotip, tarixiy alluziya, mental xarita, kognitiv konsept, madaniy kod.