MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING SHAKL, USLUB VA VOSITALARI

26.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasini pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda mehnat tarbiyasining bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda samarali tashkil etish shart-sharoitlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Mahalliy maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilgan amaliy holatlar asosida bolalarda mehnat ko‘nikma va tarbiyasining shakllanish darajasi aniqlangan.

Keywords: maktabgacha ta’lim, mehnat tarbiyasi, pedagogik texnologiyalar, tarbiyachi, bola, mehnat ko‘nikmalari, tarbiyaviy jarayon.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor