26.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarning asosiy sabablari va ularni kamaytirish usullari keng tahlil qilinadi. Texnologik yo‘qotishlar, reaktiv quvvat, transformator va o‘tkazgich yo‘qotishlari kabi omillar batafsil ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, yuqori kuchlanishda uzatish, sifatli o‘tkazgichlar, transformatorlar samaradorligini oshirish, izolyatsiya, HVDC texnologiyasi va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari yordamida yo‘qotishlarni kamaytirish yo‘llari tavsiya etiladi. Maqola energiya uzatish tizimlarining samaradorligini oshirish va iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Keywords: elektr energiyasi, uzatish, yo‘qotish, HVDC, reaktiv quvvat, transformator, tarmoq samaradorligi.