26.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada Go‘zalbegim she’riyatidagi lirik yo‘nalishlar oddiy va hayotga yaqin tarzda tahlil qilinadi. Shoira she’rlarida his-tuyg‘ular baland gaplar orqali emas, balki ichki holat, sukut va o‘y bilan ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada yolg‘izlik, kutish, odamning o‘z-o‘zi bilan gaplashishi kabi holatlar she’rlarda qanday badiiy kuchga aylangani ochib beriladi. Shuningdek, turli lirik yo‘nalishlarning bir-biriga qorishib ketishi va qat’iy qoliplarga bo‘ysunmasligi asoslanadi.
Keywords: Go‘zalbegim, lirika, ichki holat, sukut, she’riy yo‘nalishlar, poetik fikr, zamonaviy she’riyat.