26.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim jarayonida metodika va dars o‘tish metodlarining ahamiyati, ularni samarali tashkil etish yo‘llari hamda ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, interfaol metodlardan foydalanish jarayoni, ularning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilingan. Maqolada “zinama-zina” metodi, nazariy ta’limotlar va kompyuter modellashtirish texnologiyalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi orqali o‘quvchilarning bilimni puxta egallashi va uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari kengayishi asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan yoritilgan.
Keywords: metodika, interfaol metodlar, ta’lim metodlari, zinama-zina metodi, nazariy ta’limot, kompyuter modellashtirish, bilim va ko‘nikmalar, pedagogik texnologiyalar.