24.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada 4–10 yoshdagi bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlarida o‘zbek tilidagi yozuvlar hamda milliy qahramonlar nomi va so‘zlaridan foydalanishning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Bolalar mahsulotlarida chet tillardagi tasodifiy yozuvlar o‘rniga ona tilidagi mazmunli birliklardan foydalanish bolalarda milliy o‘zlikni anglash va tilga hurmat tuyg‘usini shakllantirishi ta’kidlanadi. Shuningdek, milliy qahramonlar obrazlari orqali bolalarda ijobiy xulq-atvor, vatanparvarlik va axloqiy qadriyatlarni singdirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Keywords: bolalar kiyimi, o‘yinchoqlar, o‘zbek tilidagi yozuvlar, milliy qahramonlar, tarbiyaviy ta’sir, milliy qadriyatlar.