24.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada akademik litsey ta’lim muhitida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish jarayonida kiberxavfsizlik savodxonligini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari, uning zamonaviy raqamli jamiyat sharoitidagi dolzarbligi hamda o‘quvchilarning shaxsiy, akademik va kelajak kasbiy faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan axborot xavf-xatarlarining oldini olishdagi ahamiyati tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda biologiya sohasi bo‘yicha uzoq yillik pedagogik tajribaga tayangan holda kiberxavfsizlik tushunchalarini o‘quvchilarga bosqichma-bosqich, hayotiy misollar va fanlararo integratsiya asosida singdirishning samarali jihatlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada akademik litsey yoshidagi talabalarda raqamli gigiyena, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, zararli dasturlar va ijtimoiy muhandislik tahdidlarini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklari ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi.
Keywords: kiberxavfsizlik savodxonligi, axborot texnologiyalari, akademik litsey, raqamli xavfsizlik, axborot tahdidlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, pedagogik yondashuv.